# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 351-modda. Fuqaro vafot etishi bilan majburiyatning bekor boʻlishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/351 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar majburiyatni qarzdorning shaxsiy ishtirokisiz bajarish mumkin boʻlmasa yoki majburiyat boshqacha tarzda qarzdorning shaxsi bilan chambarchas bogʻliq boʻlsa, qarzdor vafot etishi bilan majburiyat bekor boʻladi. Agar majburiyatni bajarish shaxsan kreditor uchun moʻljallangan yoki majburiyat boshqacha tarzda kreditorning shaxsi bilan chambarchas bogʻliq boʻlsa, kreditor vafot etishi bilan majburiyat bekor boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)