# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 352-modda. Yuridik shaxs tugatilishi bilan majburiyatning bekor boʻlishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/352 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yuridik shaxs (qarzdor yoki kreditor) tugatilishi bilan majburiyat bekor boʻladi, qonunchilik bilan tugatilgan yuridik shaxsning majburiyatlarini bajarish boshqa shaxs zimmasiga yuklatilgan (hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni toʻlash talabi va boshqa talablar boʻyicha) hollar bundan mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)