# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 359-modda. Shartnomaning namunaviy shartlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/359 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda tutilishi mumkin. Shartnomada namunaviy shartlarga havola qilinmagan hollarda bunday namunaviy shartlar taraflarning munosabatlariga ish muomalasi odatlari sifatida qoʻllaniladi. Namunaviy shartlar namunaviy shartnoma yoki ushbu shartlarni oʻz ichiga oluvchi boshqa hujjat shaklida ifodalanishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)