# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 363-modda. Shartnomani sharhlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/363 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud shartnoma shartlarini sharhlashda undagi soʻz va iboralarning asl maʼnosini eʼtiborga oladi. Shartnomaning sharti aniq boʻlmasa, uning asl maʼnosi uni boshqa shartlarga va butun shartnomaning maʼnosiga taqqoslash yoʻli bilan aniqlanadi. Agar ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan qoidalar shartnomaning mazmunini aniqlash imkonini bermasa, taraflarning haqiqiy umumiy xohish-irodasi shartnomaning maqsadini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak. Bunda barcha tegishli holatlar, shu jumladan shartnoma tuzish oldidan olib borilgan muzokaralar va yozishmalar, taraflarning oʻzaro munosabatlarida qaror topgan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning keyinchalik oʻzlarini qanday tutganligi eʼtiborga olinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)