# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 365-modda. Shartnomaning tuzilish payti > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/365 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oferta yoʻllagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun mol-mulkni topshirish ham zarur boʻlsa, shartnoma tegishli mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi (ushbu Kodeksning 185-moddasi). [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)