# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 369-modda. Ofertaga taklif etish. Ommaviy oferta > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/369 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Nomuayyan shaxslar doirasiga yoʻllangan reklama va boshqa takliflar, agar taklifda boshqacha hol toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan boʻlmasa, ofertaga taklif etish deb qaraladi. Shartnomaning barcha asosiy shartlarini oʻz ichiga olgan, taklif kiritayotgan shaxsning javob qaytargan har qanday shaxs bilan taklifda koʻrsatilgan shartlar asosida shartnoma tuzishga boʻlgan xohish-irodasi bilinib turgan taklif oferta (ommaviy oferta) hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)