# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 370-modda. Aksept > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/370 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aksept hisoblanadi. Aksept toʻliq va pisandasiz boʻlishi kerak. Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish boʻyicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha maʼno kelib chiqmasa, sukut saqlash aksept boʻlmaydi. Ofertani akseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda koʻrsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni joʻnatish, xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarish, tegishli summani toʻlash va h. k.), agar qonunchilikda yoki ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki koʻrsatilmagan boʻlsa, aksept hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)