# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 373-modda. Aksept muddati koʻrsatilmagan oferta asosida shartnoma tuzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/373 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yozma ofertada aksept muddati koʻrsatilmagan aksept oferta yoʻllagan shaxs tomonidan qonunchilikda belgilab qoʻyilgan muddatlarda, agar bunday muddat belgilab qoʻyilgan boʻlmasa — buning uchun normal zarur boʻlgan vaqt mobaynida olinsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Oferta aksept uchun muddat koʻrsatmasdan ogʻzaki tarzda qilinganida boshqa taraf uni akseptlaganini darhol aytgan boʻlsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)