# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 42-modda. Yuridik shaxslarning vujudga kelishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/42 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yuridik shaxslar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi. Mulkdorlar yoki operativ boshqarish huquqi subyektlari yoxud ular vakil qilgan shaxslar yuridik shaxslarning muassislari hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)