# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 74-modda. Jamoat birlashmalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/74 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼnaviy yoki oʻzga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun oʻz manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari jamoat birlashmalari hisoblanadi. Jamoat birlashmalari oʻz ustavlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish yoki oʻzga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar. Jamoat birlashmalarining ishtirokchilari (aʼzolari) ushbu birlashmalarga mulk qilib bergan mol-mulklariga, shu jumladan aʼzolik badallariga boʻlgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular aʼzo sifatida ishtirok etayotgan jamoat birlashmalarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar, mazkur birlashmalar esa — oʻz aʼzolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar. Jamoat birlashmalari huquqiy mavqeyining xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)