# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 81-modda. Fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/81 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qogʻozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, sanʼat asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)