# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 83-modda. Mol-mulkning turlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/83 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida koʻchmas mulkka va koʻchar mulkka boʻlinadi. Koʻchmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bogʻlangan boshqa mol-mulk, yaʼni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan obyektlar kiradi. Qonunda boshqa mol-mulk ham koʻchmas mol-mulk qatoriga kiritilishi mumkin. Koʻchmas mol-mulkka boʻlgan huquqlarni qoʻlga kiritish va ular bekor boʻlishining xususiyatlari qonun bilan belgilab qoʻyiladi. Koʻchmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk koʻchar mulk hisoblanadi. Koʻchar mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish talab etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)