# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 88-modda. Boʻlinadigan va boʻlinmaydigan ashyolar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/88 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Boʻlish natijasida har qaysi qismi butunning xossalarini oʻzida saqlab qoladigan va shu bilan birga oʻzining xoʻjalik (maqsadli) ahamiyatini yoʻqotmaydigan ashyo boʻlinadigan ashyo hisoblanadi. Boʻlish natijasida qismlari dastlabki ashyoning xossalarini yoʻqotadigan, uning xoʻjalik (maqsadli) ahamiyatini oʻzgartiradigan ashyo boʻlinmaydigan ashyo hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)