# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 89-modda. Isteʼmol qilinadigan va isteʼmol qilinmaydigan ashyolar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/89 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bir karra foydalanish natijasida yoʻqolib ketadigan yoki dastlabki holatida mavjud boʻlmay qoladigan ashyolar (xom ashyo, yoqilgʻi, oziq-ovqat mahsulotlari va shu kabilar) isteʼmol qilinadigan ashyolar hisoblanadi. Qayta-qayta foydalanishga moʻljallangan, bunda oʻzining dastlabki holatini uzoq vaqt davomida saqlab qoladigan hamda asta-sekin yemirilib boradigan ashyolar (binolar, uskunalar, transport vositalari) isteʼmol qilinmaydigan ashyolar hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)