# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 90-modda. Asosiy va mansub ashyolar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/90 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Foydalanish tufayli vujudga keladigan munosabatlarning mohiyati bilan boshqa ashyo (mansub ashyo)ga bogʻliq mustaqil ashyo asosiy ashyo hisoblanadi. Asosiy ashyoga xizmat qilishi kerak boʻlgan va u bilan umumiy xoʻjalik vazifasi orqali bogʻliq ashyo mansub ashyo hisoblanadi. Mansub ashyo, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, asosiy ashyoning taqdiriga bogʻliq boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)