# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 91-modda. Murakkab ashyolar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/91 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi boʻyicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi. Murakkab ashyo xususida tuzilgan bitim, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, uning barcha tarkibiy qismlariga taalluqli boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)