# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1011-modda. Zarar yetkazgan shaxsning merosxoʻrlari tomonidan zararning qoplanishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1011 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash majburiyati uning vafotidan keyin merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlariga oʻtadi. Merosxoʻrlar jabrlanuvchining oldida oʻzlariga meros boʻlib oʻtgan mol-mulkning haqiqiy qiymati doirasida javobgar boʻladilar. Vorissiz mol-mulk oʻziga oʻtgan davlat yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi ham ana shunday asoslarda javobgar boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)