FK2 · 1017-modda

1017-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash asoslari

Tovarning (ishning, xizmatning) konstruktiv, retsepturaviy yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) toʻgʻrisidagi maʼlumot notoʻgʻri yoki yetarli emasligi oqibatida fuqaroning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida boʻlgani yoki boʻlmaganidan qatʼi nazar, qoplanishi lozim.

Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar tovarni (ishning bajarilishi, xizmatning koʻrsatilishi) tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun emas, balki isteʼmol maqsadlari uchun sotib olingan hollardagina qoʻllaniladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.