# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1017-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash asoslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1017 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tovarning (ishning, xizmatning) konstruktiv, retsepturaviy yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) toʻgʻrisidagi maʼlumot notoʻgʻri yoki yetarli emasligi oqibatida fuqaroning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida boʻlgani yoki boʻlmaganidan qatʼi nazar, qoplanishi lozim. Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar tovarni (ishning bajarilishi, xizmatning koʻrsatilishi) tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun emas, balki isteʼmol maqsadlari uchun sotib olingan hollardagina qoʻllaniladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)