# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1025-modda. Asossiz orttirilgan boylikni asl holida qaytarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1025 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qoʻlga kirituvchining asossiz orttirilgan boyligini tashkil etuvchi mol-mulk jabrlanuvchiga asl holida qaytarilishi lozim. Qoʻlga kirituvchi jabrlanuvchining oldida har qanday, shu jumladan u orttirilgan boylikning asossizligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan paytdan keyin asossiz qoʻlga kiritilgan yoki tejab qolingan mol-mulkning tasodifiy yetishmovchiligi yoki yomonlashuvi uchun javobgar boʻladi. Bu paytgacha u qasd va qoʻpol ehtiyotsizlik uchungina javobgardir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)