# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1026-modda. Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini toʻlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1026 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni asl holida qaytarishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda, qoʻlga kirituvchi jabrlanuvchiga bu mol-mulkning qoʻlga kiritish paytidagi haqiqiy qiymatini toʻlashi, shuningdek agar qoʻlga kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyin darhol uning qiymatini toʻlamagan boʻlsa, mol-mulk qiymatining keyingi oʻzgarishi tufayli koʻrilgan zararni toʻlashi lozim. Egallab olish niyatisiz oʻzganing mol-mulkidan yoki oʻzganing xizmatlaridan vaqtincha asossiz foydalangan shaxs jabrlanuvchiga bunday foydalanish natijasida tejalgan narsani foydalanish tugallangan paytda va oʻsha joyda mavjud narx boʻyicha toʻlashi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)