# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1027-modda. Huquqni boshqa shaxsga asossiz berish oqibatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1027 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻziga tegishli huquqni talabnomadan voz kechish yoʻli bilan yoki boshqacha tarzda boshqa shaxsga mavjud boʻlmagan yoki haqiqiy boʻlmagan majburiyat asosida bergan shaxs avvalgi holatni tiklashni, shu jumladan berilgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar oʻziga qaytarilishini talab qilishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)