# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1028-modda. Jabrlanuvchiga olinmagan daromadlarni toʻlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1028 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mol-mulkni asossiz olgan yoki tejab qolgan shaxs boylikning asossiz orttirilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan vaqtdan boshlab ana shu mol-mulkdan chiqarib olgan yoki chiqarib olishi lozim boʻlgan barcha daromadlarni jabrlanuvchiga qaytarishi yoki toʻlashi shart. Asossiz orttirilgan pul summasiga, qoʻlga kirituvchi pul mablagʻlarini olish yoki tejab qolishning asossizligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan vaqtdan boshlab, oʻzganing mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)