# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1029-modda. Qaytarilishi lozim boʻlgan mol-mulkka qilingan xarajatlarni toʻlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1029 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulk qaytarilganida yoxud uning qiymati toʻlanganida qoʻlga kirituvchi daromadlarni qaytarishi shart boʻlgan vaqtdan boshlab mol-mulkni saqlab turish va asrash uchun qilingan zarur xarajatlarni oʻzi olgan nafni eʼtiborga olgan holda toʻlashni jabrlanuvchidan talab qilishga haqli. Qoʻlga kirituvchi qaytarilishi lozim boʻlgan mol-mulkni bila turib bermay turgan hollarda xarajatlarni undirish huquqi yoʻqoladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)