Intellektual mulk obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) intellektual faoliyat natijalari:
fan, adabiyot va sanʼat asarlari;
ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning koʻrsatuvlari yoki eshittirishlari;
elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb yuritiladi) uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;
seleksiya yutuqlari;
oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);
2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar:
firma nomlari;
tovar belgilari (xizmat koʻrsatish belgilari);
geografik koʻrsatkichlar;
tovarlar chiqarilgan joy nomi;
3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar.