# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1039-modda. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqning amal qilish muddati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1039 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquq ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan muddat mobaynida amal qiladi. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy nomulkiy huquqlar muddatsiz amal qiladi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqning amal qilishi undan muayyan vaqt mobaynida foydalanilmasligi oqibatida bekor qilinishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)