# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1044-modda. Mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydigan materiallar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1044 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi: rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari; rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar); xalq ijodiyoti asarlari; oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar; insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)