# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1048-modda. Hosila asarga boʻlgan mualliflik huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1048 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Hosila asar muallifiga fan, adabiyot va sanʼat asarining mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan qayta ishlanmasiga boʻlgan mualliflik huquqi tegishlidir. Hosila asar muallifi qayta ishlangan asar muallifi huquqlariga rioya etgan taqdirda, oʻzi yaratgan asarga mualliflik huquqidan foydalanadi. Hosila asar muallifining mualliflik huquqi qayta ishlashga asos boʻlgan asarni boshqa shaxslar ham oʻzlari qayta ishlashlariga toʻsqinlik qilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)