Alohida mualliflik huquqining egasi oʻz huquqlaridan xabardor etish uchun asarning har bir nusxasida aks ettiriladigan va quyidagi uch unsurdan iborat mualliflik huquqining himoya belgisidan foydalanishi mumkin:
aylana ichiga olingan lotincha “S” harfi;
alohida mualliflik huquqlari egasining ismi (nomi);
asar birinchi marta eʼlon qilingan yil.
Mualliflik huquqining himoya belgisida koʻrsatilgan shaxs, basharti boshqa hol isbotlanmagan boʻlsa, huquq egasi hisoblanadi.