# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1050-modda. Mualliflik huquqining himoya belgilari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1050 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Alohida mualliflik huquqining egasi oʻz huquqlaridan xabardor etish uchun asarning har bir nusxasida aks ettiriladigan va quyidagi uch unsurdan iborat mualliflik huquqining himoya belgisidan foydalanishi mumkin: aylana ichiga olingan lotincha “S” harfi; alohida mualliflik huquqlari egasining ismi (nomi); asar birinchi marta eʼlon qilingan yil. Mualliflik huquqining himoya belgisida koʻrsatilgan shaxs, basharti boshqa hol isbotlanmagan boʻlsa, huquq egasi hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)