# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1058-modda. Mualliflik huquqlarining cheklanishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1058 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Muallif va boshqa shaxslarning asardan foydalanish borasidagi mutlaq huquqlarini cheklashga ushbu Kodeksning 1059—1062-moddalarida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi. Mazkur cheklashlar asardan normal foydalanilishiga oʻrinsiz ziyon yetkazmagan va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)