Oshkor qilingan asarni shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq toʻlanmagan holda takrorlashga yoʻl qoʻyiladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari:
binolar va inshootlar shaklidagi arxitektura asarlarini takrorlashga;
maʼlumotlar bazalarini yoki ularning muhim qismlarini takrorlashga;
qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda, EHM uchun dasturlarni takrorlashga;
kitoblarni (toʻlaligicha) va notali matnlarni reprografik takrorlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.