# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1059-modda. Asarlarni muallifning roziligisiz va haq toʻlanmagan holda shaxsiy maqsadlarda takrorlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1059 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oshkor qilingan asarni shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq toʻlanmagan holda takrorlashga yoʻl qoʻyiladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Ushbu modda birinchi qismining qoidalari: binolar va inshootlar shaklidagi arxitektura asarlarini takrorlashga; maʼlumotlar bazalarini yoki ularning muhim qismlarini takrorlashga; qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda, EHM uchun dasturlarni takrorlashga; kitoblarni (toʻlaligicha) va notali matnlarni reprografik takrorlashga nisbatan tatbiq etilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)