# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1066-modda. Asarning ijtimoiy mulkka aylanishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1066 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Asarlarga boʻlgan mualliflik huquqining amal qilish muddatini tugashi ularning ijtimoiy mulkka aylanishini bildiradi. Ijtimoiy mulk boʻlgan asarlardan har qanday shaxs haq toʻlamagan holda erkin foydalanishi mumkin. Bunda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlariga rioya etilishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)