# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1086-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasining hammualliflari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1086 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi hammualliflarining oʻzaro munosabatlari ular oʻrtasidagi kelishuv bilan belgilab qoʻyiladi. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini yaratishga noijodiy yordam berish (texnikaviy, tashkiliy yoki matematik yordam, huquqlarni rasmiylashtirishga koʻmaklashish va hokazolar) hammualliflikka sabab boʻlmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)