# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1100-modda. Firma nomiga boʻlgan huquqning amal qilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1100 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yuridik shaxsning belgisi tariqasida Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan nomga boʻlgan alohida huquq Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Chet davlatda roʻyxatga olingan yoki umum eʼtirof etgan nomga Oʻzbekiston Respublikasi hududida alohida huquq qonunda nazarda tutilgan hollardagina amal qiladi. Firma nomiga boʻlgan huquqning amal qilishi yuridik shaxs tugatilishi bilan yoki uning firma nomi oʻzgarishi bilan bekor boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)