# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1106-modda. Tovar belgisiga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnomaning shakli > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1106 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tovar belgisiga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi yoki litsenziya berish haqidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi va vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Yozma shaklga va roʻyxatdan oʻtkazish talabiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)