Meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kiradi.
Meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan huquq va majburiyatlar:
yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga aʼzolik, ularda ishtirok etish huquqlari, agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan boʻlmasa;
hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi;
aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar;
mehnat va ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar olish huquqi;
mulkiy huquqlar bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar meros tarkibiga kirmaydi.
Meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy boyliklar merosxoʻrlar tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkin.