# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1118-modda. Merosxoʻrlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1118 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Meros ochilgan paytda hayot boʻlgan fuqarolar, shuningdek meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida boʻlgan va meros ochilgandan keyin tirik tugʻilgan bolalari vasiyat va qonun boʻyicha merosxoʻr boʻlishlari mumkin. Meros ochilgan paytda tuzilib boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek davlat va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ham vasiyat boʻyicha merosxoʻr boʻlishlari mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)