# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1129-modda. Vasiyatni talqin qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1129 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Vasiyatnoma notarius, vasiyatni ijro etuvchi yoki sud tomonidan talqin qilinganida undagi soʻzlar va iboralarning asl maʼnosi eʼtiborga olinadi. Vasiyatnomadagi biron-bir qoidaning asl maʼnosi noaniq boʻlsa, u boshqa qoidalar va umuman vasiyatnomaning mazmuni bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)