# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1138-modda. Qonun boʻyicha toʻrtinchi navbatdagi vorislik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1138 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Meros qoldiruvchining oltinchi darajagacha (oltinchi daraja ham shunga kiradi) boʻlgan boshqa qarindoshlari qonun boʻyicha toʻrtinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar, bunda yaqinroq qarindoshlar uzoqroq qarindoshlarga nisbatan meros olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar. Vorislikka chaqiriladigan toʻrtinchi navbatdagi vorislar teng ulushlarda meros oladilar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)