FK2 · 1142-modda

1142-modda. Merosdan majburiy ulush olish huquqi

Meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan farzandlikka olgan bolalari, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va ota-onasi, shu jumladan uni farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qatʼi nazar, qonun boʻyicha voris boʻlganlarida ulardan har biriga tegishi lozim boʻlgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar.

Majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlgan merosxoʻr biron-bir asos boʻyicha merosdan oladigan hamma narsa, shu jumladan oddiy uy jihozlari va roʻzgʻor buyumlaridan iborat mol-mulkning qiymati ham, bunday merosxoʻr foydasiga qilingan vasiyat majburiyatining qiymati ham majburiy ulushga qoʻshiladi.

Merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlgan merosxoʻr uchun vasiyatnomada belgilangan har qanday cheklashlar va shartlar unga tegadigan merosning majburiy ulushdan ortiqcha qismiga nisbatangina haqiqiydir.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.