# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1150-modda. Merosning taqsimlanishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1150 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Merosni qabul qilib olgan qonun boʻyicha merosxoʻrlardan istalgan biri merosning taqsimlanishini talab qilishga haqli. Merosni taqsimlash merosxoʻrlarning kelishuviga koʻra oʻzlariga tegishli ulushlarga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sud tartibida amalga oshiriladi. Ushbu moddaning qoidalari barcha meros yoki uning bir qismi merosxoʻrlarga ulushlarda muayyan mol-mulk koʻrsatilmasdan vasiyat qilingan hollarda merosni vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlar oʻrtasida taqsimlashga nisbatan qoʻllaniladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)