FK2 · 1153-modda

1153-modda. Ayrim merosxoʻrlarning meros tarkibiga kiradigan mol-mulkka nisbatan imtiyozli huquqi

Meros ochilgunga qadar uch yil mobaynida meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan merosxoʻrlar meros taqsimlanishida meros tarkibidan uy-joy, kvartira yoki boshqa turar joyni, shuningdek uy-joy ashyolari va roʻzgʻor buyumlarini olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar.

Meros qoldiruvchi bilan mol-mulkka nisbatan umumiy mulk huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlar meros taqsimlanishida meros tarkibidan umumiy mulk boʻlgan mol-mulkni asl holida olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan imtiyozli huquqlar amalga oshirilganda meros taqsimotida qatnashayotgan boshqa merosxoʻrlarning mulkiy manfaatlariga rioya etilishi lozim. Agar mazkur huquqlarni amalga oshirish natijasida merosni hosil qiluvchi mol-mulk boshqa merosxoʻrlarga tegishli ulushlarni berish uchun yetarli boʻlmasa, imtiyozli huquqni amalga oshirayotgan merosxoʻr ularga tegishli pul yoki mol-mulk tovonini toʻlashi lozim.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.