FK2 · 1158-modda

1158-modda. Chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik- huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqni belgilash

Chet el fuqarolari yoki chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi yoxud chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquq ushbu Kodeks, boshqa qonunlar, xalqaro shartnomalar va eʼtirof etilgan xalqaro taomillar asosida, shuningdek taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi.

Taraflarning huquqni tanlashga doir kelishuvi ochiq ifodalangan boʻlishi yoki bevosita shartnoma talablaridan va ishning koʻrib chiqilayotgan barcha holatlaridan kelib chiqishi lozim.

Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqni aniqlashning imkoni boʻlmasa, chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan eng uzviy bogʻlangan huquq qoʻllanadi.

Chet el huquq normasi ommaviy-huquqiy xususiyatga ega boʻlganligiga asoslanibgina uni qoʻllashni cheklash mumkin emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.