# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1159-modda. Huquqiy baho berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1159 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yuridik tushunchalarga sud yoki boshqa davlat organi tomonidan huquqiy baho berilishida, agar qonunda boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, bunday yuridik tushunchalarni nizo koʻrib chiqilayotgan mamlakat sifatida Oʻzbekiston Respublikasining huquqiga muvofiq sharhlashga asoslanadi. Agar yuridik tushunchalar nizo koʻrib chiqilayotgan mamlakat sifatida Oʻzbekiston Respublikasining huquqiga nomaʼlum boʻlsa yoki boshqa nom yoxud boshqa mazmun bilan maʼlum boʻlsa va Oʻzbekiston Respublikasining huquqi boʻyicha talqin etish orqali aniqlanishi mumkin boʻlmasa, ularga huquqiy baho berishda chet davlat huquqi ham qoʻllanishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)