# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1164-modda. Ommaviy tartib toʻgʻrisidagi izoh > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1164 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Chet el huquqini qoʻllanish Oʻzbekiston Respublikasining huquq-tartiboti asoslariga (ommaviy tartibga) zid keladigan hollarda chet el huquqi qoʻllanilmaydi. Bunday hollarda Oʻzbekiston Respublikasining huquqi qoʻllaniladi. Tegishli chet el davlatining huquqiy, siyosiy yoki iqtisodiy tizimi Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy, siyosiy yoki iqtisodiy tizimidan farqlanishigina chet el huquqini qoʻllashni rad etish uchun asos boʻlishi mumkin emas. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)