# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1168-modda. Jismoniy shaxsning shaxsiy qonuni > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1168 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jismoniy shaxs qaysi mamlakatning fuqarosi boʻlsa, shu mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi. Shaxs ikki yoki undan ortiq fuqarolikka ega boʻlgan taqdirda u qaysi mamlakat bilan eng koʻp uzviy bogʻlangan boʻlsa, uning uchun oʻsha mamlakat huquqi shaxsiy qonun hisoblanadi. Fuqaroligi boʻlmagan shaxs qaysi mamlakatda doimiy yashab turgan boʻlsa, oʻsha mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi. Qochoqqa unga boshpana bergan mamlakatning qonuni shaxsiy qonun hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)