# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1173-modda. Fuqarolik holati hujjatlarini tasdiqlash uchun xorijiy davlat organlari tomonidan berilgan hujjatlarni tan olish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1173 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan tegishli davlatlarning qonunlari boʻyicha tuzilgan fuqarolik holati hujjatlarini tasdiqlash uchun xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan berilgan hujjatlar legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb tan olinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)