# Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) — 1183-modda. Daʼvo muddati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK2/1183 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Daʼvo muddati mamlakatning tegishli munosabatni tartibga solish uchun qoʻllanilayotgan huquqi boʻyicha belgilanadi. Daʼvo muddati tatbiq etilmaydigan talablar, agar tegishli munosabatning qatnashchilaridan loaqal bittasi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi yoki Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining huquqi boʻyicha belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK2)